O‘zbekiston | 13:37 / 18.03.2020
6435
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning Shanxaydagi bosh konsulxonasida Tezkor javob qaytarish shtabi tashkil etildi

Xitoydagi O‘zbekiston fuqarolariga vatanga qaytish uchun davlat chegarasidan o‘tish taqiqlanmasligi tushuntirilmoqda 

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining operativ shtabi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2020 yilning 16 mart kuni mamlakatning Shanxay shahridagi bosh konsulxonasi (Xitoy) huzurida fuqarolarning murojaatlariga Tezkor javob qaytarish shtabi tashkil etildi. U 24 soatlik rejimda faoliyat ko‘rsatmoqda.

TIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, vatandoshlarga xorijdagi, jumladan Xitoydagi O‘zbekiston fuqarolariga vatanga qaytish uchun davlat chegarasidan o‘tish taqiqlanmasligi tushuntirilmoqda. Shu bilan birga, fuqarolar O‘zbekistonga qaytib kelishlari bilan 14 kun davomida karantinda bo‘ladilar.

O‘zbekiston hududiga kirish borasida 2020 yil 16 martdan joriy qilingan cheklovlar, avvalambor, boshqa davlatlarning fuqarolariga tegishli.

TIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi Shanxay shahri, Anxoy, Futszyan, Xunan, Tszyansi, Tszyansuva Chjetszyan provinsiyalari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Shanxay shahridagi bosh konsulxona huzuridagi Tezkor javob qaytarish shtabi a'zolariga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan:

Bosh konsul Aziz Masutov, telefon/WeChat: +86 131 2229 9776, Telegram: +998 90 904 75 88
Azizbek Ulug‘bekov, telefon/WeChat/Telegram: +86 131 2255 5772
Iskandar Salomov, telefon/WeChat: +86 131 2229 9663, Telegram: +998 93 380 38 25
Elektron manzil: cg_uzbekistan@126.com.

Mavzuga oid