Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV sanitar ishlov berish bahonasida uylarga kirmoqchi bo‘layotgan firibgarlardan ogohlantirdi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi dezinfeksiya qilish bahonasi ostida uylarga kirmoqchi bo‘layotgan kishilarga ishonmaslikka chaqirdi.
“Katta avlod vakillaridan uylarini koronavirusdan dezinfeksiya qilish zarurligini bahona qilib keluvchilarni o‘z uylariga kiritmaslikni qat'iy so‘raymiz, ular jinoyat sodir etish maqsadida vaziyatdan foydalanishlari mumkin”, deb ma'lum qilgan Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov.
Uning ta'kidlashicha, firibgarlar koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatdan foydalanishi mumkin. Ba'zida kattalar ishda bo‘lganda, bolalarning o‘zi uyda yolg‘iz qolishi mumkin. Shunday holat keksalar bilan ham mavjud. Ular juda ishonuvchan bo‘lishadi va aldov qurboniga yengil aylanishlari mumkin.
“Agar sizga shunday (dezinfeksiya) talablar bilan kelishsa, zudlik bilan “102” qisqa raqamiga yoki o‘z hududingizning profilaktika noziriga qo‘ng‘iroq qiling”, deb ogohlantirgan G‘iyosov.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025