Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuvayt fondi tomonidan O‘zbekistondagi urologiya va gemodializ klinikalari moliyalashtiriladi
Kuvaytning arab iqtisodiy rivojlanish fondi O‘zbekistonga «O‘zbekiston Respublikasining urologik va gemodializ yordamini ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasalarni jihozlash» loyihasini amalga oshirish uchun $23,1 mln ekvivalentida qarz beradi
2020–2022 yillarda amalga oshiriladigan loyihaning umumiy qiymati $29,09 mln.ni tashkil etadi. O‘zbekistonning ulushi ekvivalentda $5,97 mln.ni, shu jumladan soliq va bojxona imtiyozlari berish tarzidagi ekvivalentda $4,41 mln.ni tashkil etadi, deb yozmoqda Norma.
7 mln Kuvayt dinori miqdorida, ya'ni $23,1 mln ekvivalentidagi KAIRF zayomi 4 yillik imtiyozli davr bilan 26 yil muddatga beriladi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi zayom maqsadli sarflanishi va loyiha samarali amalga oshirilishi uchun mas'ul bo‘lgan ijro etuvchi agent, O'zmedimpeks DUK esa tuziladigan shartnomalar bo‘yicha kontragent hisoblanadi. Xizmat ko‘rsatish va zayomni qaytarish xarajatlari Davlat budjeti hisobidan qoplanadi.
Bir oy muddatda 5 kishidan iborat bo‘lgan loyihani amalga oshirish guruhi tashkil etiladi. Sog‘liqni saqlash vazirligi loyihani amalga oshirishga yordam ko‘rsatuvchi konsalting tashkilotini tanlab olish va tibbiy jihozlar hamda asbob-uskunalarni xarid qilish bo‘yicha tender savdolarini tashkil etadi.
Hujjat 7.03.2020 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
10:12 / 20.05.2025
O‘zbekistonda yana uch davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilandi
13:10 / 13.05.2025
Kuvaytlik shifokorlar Qoraqalpog‘istonda jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazdi
11:00 / 12.05.2025