Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston may oyigacha xalqaro transport aloqalarini to‘xtatdi
O‘zbekiston 20 martdan transportning barcha turlarida xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashishni to‘xtatadi. Transport vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu chora may oyiga qadar amalda bo‘ladi.
«O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishi oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi 2020 yilning 20 mart kunidan e'tiboran xalqaro yo‘nalishlarda avtobus, yengil avtomobil, temir yo‘l va havo transportlari orqali yo‘lovchi tashuvlari 40 kun muddatga to‘xtatilishini ma'lum qiladi.
Ushbu cheklov, avtomobil, avia, temir yo‘l, daryo transportlarida amalga oshirilayotgan yuk tashuvlari va tashqi savdo yuklariga nisbatan qo‘llanilmaydi», deyiladi vazirlik xabar.
Mavzuga oid
16:21 / 16.05.2025
Bir qancha avtovokzal va avtostansiyalarga yangi nom berish taklif etildi
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
16:51 / 11.04.2025