Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda bolalar o‘yin zallari, massaj salonlari va diskotekalar faoliyati to‘xtatildi
19 martdan boshlab butun O‘zbekiston bo‘ylab massaj salonlari, diskotekalar, bolalar o‘yin zallari faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
19 mart kuni O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qilingan.
«Tadbirkorlik sub'yektlaridan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga xayrixoh bo‘lishlarini so‘raymiz. O‘z-o‘zini himoya qilish uchun aholiga karantin davrida bunday muassasalarga tashrif buyurmaslikni tavsiya qilamiz.
Ushbu qaror ijrosi Davlat soliq xizmati, ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan qat'iy nazorat qilinadi», deyiladi qo‘mita xabarida.
Bundan avvalroq, Toshkent hayvonot bog‘i koronavirus sababli yopilgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021