Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada koronavirusdan “himoyalanish” maqsadida qo‘lbola spirt iste'mol qilgan 15 turkmanistonlik halok bo‘ldi
Turkiyaning Istanbul shahrida qo‘lbola spirtdan zaharlanishdan 15 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 60 kishi jonlantirish bo‘limiga tushgan. Ular spirtni iste'mol qilish bilan o‘zlarini koronavirusdan himoyalamoqchi bo‘lishgan.
Bu haqda Hurriyet nashri xabar berdi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar turkmanistonliklar bo‘lib, ular koronavirusdan himoyalanish maqsadida sirtga qo‘llash uchun qo‘lbola usulda tayyorlangan spirt sotib olishgan. Keyinroq ular spirtni iste'mol qila boshlashgan va bu ular orasida ommaviy zaharlanish keltirib chiqargan.
Ta'kidlanishicha, spirtni sotishga aloqador 7 kishi qo‘lga olingan. Voqea yuzasidan tergov olib borilmoqda.
Shuningdek, ayni vaqtda turkmanistonliklar jasadini vatanlariga qaytarish masalasi hal qilinmoqda. Vaziyat koronavirus epidemiyasi sababli Turkiya va Turkmaniston o‘rtasida aviaaloqa to‘xtatilgani sabab murakkablashgan.
Shunga o‘xshash voqea bir necha kun avval Eronda ham yuz bergandi. O‘shanda “koronavirusdan dori” sifatida metil spirt qabul qilgan 27 kishi hayotdan ko‘z yumgandi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025