Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2021 yil 1 yanvarga qadar tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini soliq auditidan o‘tkazish to‘xtatiladi
2021 yil 1 yanvarga qadar tadbirkorlik sub'yektlarining faoliyatini soliq auditidan o‘tkazish to‘xtatiladi, jinoyat ishlari doirasida va yuridik shaxsni tugatish munosabati bilan soliq auditidan o‘tkazish bundan mustasno
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
2021 yil 1 yanvarga qadar tadbirkorlik sub'yektlarining faoliyatini soliq auditidan o‘tkazish to‘xtatiladi, jinoyat ishlari doirasida va yuridik shaxsni tugatish munosabati bilan soliq auditidan o‘tkazish bundan mustasno.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan birgalikda davlat organlari tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga qat'iy rioya etilishi ustidan nazorat o‘rnatadi.
Tadbirkorlik sub'yektlariga:
hisobot yilida amalga oshirilgan tovarlarning umumiy eksportiga nisbatan 10 foizdan oshmagan muddati o‘tgan debitor qarzdorligi mavjud bo‘lgan taqdirda, kafolatlangan to‘lovni ta'minlamasdan tovarlar eksportini amalga oshirishga;
2020 yil davomida tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligini so‘ndirish evaziga texnologik asbob-uskunalar va xomashyo tovarlarini import qilish bo‘yicha bir martalik operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Mavzuga oid
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda
16:23 / 30.04.2025
Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi
14:26 / 29.04.2025