Light | 14:56 / 20.03.2020
41339
2 daqiqa o‘qiladi

Sog‘lom uyquning asosiy omillari ma'lum qilindi

Xalqaro press klubning “Qadamma-qadam” loyihasida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov inson salomatligini saqlashda to‘g‘ri ovqatlanish va harakatning ahamiyati, semizlik muammosi haqidagi fikrlarini bildirdi.

Foto: Shutterstock

Xalqaro press klubning “Qadamma-qadam” loyihasida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov inson salomatligini saqlashda to‘g‘ri ovqatlanish va harakatning ahamiyati, semizlik muammosi haqidagi fikrlarini bildirdi.

Alisher Shodmonov oshqozonda iste'mol qilinayotgan ovqatning taqsimoti haqida tushuntirdi.

“Oshqozonning uchdan biri ovqat, uchdan biri suyuqlik bilan to‘lishi kerak. Qolgan uchdan bir qismi esa bo‘sh qolishi kerak.

Bir kunda necha marta ovqatlanish kerak?

Tibbiyotda 5 mahal ovqatlanish kerakligi aytiladi. Oz-ozdan yeb turilsa, to‘yish hissi paydo bo‘ladi”, - dedi Shodmonov.

Uning fikriga ko‘ra, to‘yish hissi inson miyasida 20 daqiqada shakllanadi. 

“Demak, shoshilmasdan ovqat yeyishimiz kerak. Ko‘pincha uyga kelib, shoshilib, 3-5 daqiqada ovqatlanamiz. Qornimiz to‘yib ketgan, lekin ko‘zimiz to‘ymagan. Yana nima yesam ekan deymiz. Ana shu 20 daqiqani kutishimiz kerak”, - deya qo‘shimcha qildi Shodmonov.

Ko‘rsatuv davomida Sog‘liqni saqlash vaziri to‘ylarda ko‘p miqdorda ovqat iste'mol qilinishi masalasiga ham to‘xtaldi.

“Biz kechki ovqatni 18.00dan kech yemaslikni tavsiya etamiz. Ovqatni kech yeyish nimaga olib keladi? Oshqozonni to‘ydirib oldingiz va uyquga yotdingiz. Birinchidan, uyquga ketish qiyin, uyqungiz notinch bo‘ladi. Ertalab juda og‘ir uyg‘onasiz. Agar uyquga yotishdan oldin ovqat o‘rniga salat, sabzavot yesangiz, qatiq ichib yoki sut mahsulotini iste'mol qilib, undan keyin 1 soat piyoda yurgach, uxlasangiz, uyqungiz ham sog‘lom bo‘ladi”, - dedi Shodmonov.

Mavzuga oid