Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliarder Fattoh Shodiyev fondi O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashda yordam beradi
Xalqaro Shodiyev fondi (ICF) O‘zbekistondagi muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli xayriya dasturini amalga oshirish orqali hukumatning koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarini qo‘llab-quvvatlamoqda.
“Adliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan qo‘llab-quvvatlash dasturining birinchi bosqichi mamlakat bo‘ylab barcha keksa yoshdagilar va kam ta'minlangan oilalarni oziq-ovqat mahsulotlari va dezinfeksiya vositalari bilan ta'minlashni o‘z ichiga oladi”, deb yozadi O‘zA.
Xabar qilinishicha, Xalqaro Shodiyev fondining O‘zbekistondagi vakolatxonasi mamlakat hukumati va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining virusli infeksiya pandemiyasi sharoitida zarur qoidalarga amal qilish bo‘yicha tavsiyalarini bajarishga oid da'vatiga qo‘shiladi.
Insonparvarlik yordami jamlanmasi ichiga o‘zbek tilidagi tavsiyalar ham joylashtiriladi.
ICF — Xalqaro Shodiyev fondi O‘zbekistondagi muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli xayriya dasturini amalga oshirish orqali hukumatning koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Fond 1996 yilda Sharqiy Yevropa, Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyoda ilmiy, ijodiy va madaniy salohiyatni qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.
2017 yil sentyabrda Adliya vazirligi tomonidan Xalqaro Shodiyev fondining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ro‘yxatga olingan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
12:07 / 12.01.2024
Yevrosiyo bankiga O‘zbekistonda litsenziya berildi
16:35 / 21.07.2023