Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nuriddin Xoliqnazarov: «Mo‘min-musulmon, oila rahbarining vazifasi oila davrasida o‘tirish»
Xalqaro press-klubda koronavirusga qarshi butun dunyoda olib borilayotgan kurash tahliliga bag‘ishlangan sessiyada so‘zga chiqqan Toshkent shahri bosh imom xatibi Nuriddin Xoliqnazarov karantin vaqtida ota-onalarning farzandlar tarbiyasida ahamiyat qaratilishi kerak bo‘lgan jihatlarga to‘xtalib o‘tdi.
«Tan olish kerakki, oiladan uzoqlashib qolgandik. Erta bilan chiqib ketib, kechqurun qaytib kelib. Ko‘pchilik farzandlari, ayoli nima ish qilayotganidan bexabar. Allohning sinovi tufayli biz bugun jamlandik. Aslida mo‘min-musulmon, bir oila rahbarining vazifasi oila davrasida o‘tirish», dedi Toshkent shahrining bosh imom xatibi.
Nuriddin Holiqnazarov karantinda uyda o‘tirgan otalarga e'tibor qaratish kerak bo‘lgan jihatni aytdi.
«Birinchi navbatda, o‘zligimizni o‘rgataylik. Virus bo‘lganidan keyin qo‘lni yuvishni o‘rgatyapmiz. O‘n to‘rt asrdan beri bu borku? Besh mahal qo‘lni yuvish dinimizda borku?
Tahoratda payg‘ambarimiz amal qilgan barmoqlar orasida tahlil qilish sunnati bor. Qo‘li bilan barmoqlarining orasiga suv kirgizish. Hozir mutaxassislar ayni payg‘ambarimiz sunnatlarini o‘rgatishyapti», deydi Nuriddin Xoliqnazarov.
Mavzuga oid
21:45 / 28.02.2025
Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov: Bu yil mamlakatdagi 1700 dan ortiq masjidda xatmi Qur’on o‘qiladi
13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi
20:00 / 28.12.2024
To‘y va boshqa tantanalar riyo va isrofga to‘ldi - O‘zbekiston musulmonlari idorasi
13:56 / 02.07.2024