Pompeo e'lon qilinmagan tashrif bilan Afg‘onistonga keldi
Pompeo mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani va prezidentlik saylovi natijalarini tan olmagan Abdulla Abdulla bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

Foto: Jacquelyn Martin/AP
AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo e'lon qilinmagan tashrif bilan Afg‘onistonga keldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Agentlikning ma'lumot berishicha, Pompeo mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani va prezidentlik saylovi natijalarini tan olmagan Abdulla Abdulla bilan uchrashishi rejalashtirilgan.
29 fevralda Qatar poytaxti Dohada AQSh va “Tolibon” o‘rtasida tinchlik sulhi imzolangandi.
19 mart kuni Afg‘oniston hukumati “Tolibon” tomonidan yuqori darajada zo‘ravonlik saqlanib qolinayotgani tufayli unga qarshi jangovar harakatlarni qaytadan boshlashga ko‘rsatma berdi.
Mavzuga oid

20:43 / 17.04.2025
Toliblar endi Rossiyada terrorchi tashkilot deb hisoblanmaydi. Voqealar rivoji

11:41 / 17.04.2025
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi

07:02 / 16.04.2025
Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekiston hududlarida sezildi

20:09 / 15.04.2025