Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sodiq Safoyev: «Bu ofatga qarshi kurash faqat hukumatning ishi emas»
Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev koronavirusga qarshi kurashda jamiyat birlashishi muhim ekanini aytib o‘tdi.
Foto: Xalqaro press-klub
«Xorijning iqtisodiy ma'lumotlarini o‘rganib chiqdim. O‘zbekiston hukumati, O‘zbekiston rahbari tomonidan koronavirusga qarshi dasturlarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lar kishi boshiga hisoblaganda boshqa eng rivojlangan davlatlarda ajratilgan mablag‘lardan ko‘proq bo‘lib chiqyapti. Bu nihoyatda muhim», dedi Sodiq Safoyev Xalqaro press-klubda koronavirusga qarshi butun dunyoda olib borilayotgan kurash tahliliga bag‘ishlangan sessiyada.
Senat raisining birinchi o‘rinbosari koronavirusga qarshi kurashish har bir fuqaroning ishi ekanini ta'kidladi.
«Bu ofatga qarshi kurash faqatgina hukumatning ishi bo‘lolmaydi. U butun jamiyat, har birimizning ishimiz. Hech kim chetda turolmaydi», deya Safoyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Senatorlar Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi «Mehr-shafqat va salomatlik jamiyati» fondiga pul o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishgani haqida aytib o‘tildi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
16:39 / 02.12.2024
“Tashqi siyosat konsepsiyasi yopiq bo‘lishi mumkin emas” - Sodiq Safoyev
13:56 / 19.11.2024