Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Almatov: Fransiyadan kelgan ilk bemor o‘z xonadonida 35 kishilik bayram qilgan
Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha AOKA huzurida tashkil etilgan shtabda “Uzreport” telekanali orqali Davlat Bosh sanitariya vrachi Bahrom Almatov ishtirokida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir orqali brifing o‘tkazildi.
Bosh sanitariya vrachi Bahrom Almatov O‘zbekistonda dastlabki qayd etilgan bemor haqida ma'lumot berdi:
– Fransiyadan kirib kelgan ilk bemor yetib kelgan kuni o‘z xonadonida 35 kishi ishtirokida bayram qilgan. O‘sha mehmondorchilikda qatnashganlardan 13 kishida bugungi kunda bu kasallik qayd etildi. U bilan samolyotda 250 kishi kelgan, aeroportda tushganidan keyin shaxsiy avtomobilida ham oila a'zolariga yuqtirgan. Keyin ishiga chiqqan va ish joyida 80 nafar xodim va 42 nafar bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan.
Bu zanjir davom etadi. O‘sha muloqotda bo‘lganlar ham o‘z navbatida oila a'zolari yoniga qaytadilar, kundalik hayotdagi ishlarini bajaradilar, do‘kon, sartaroshlarga kiradilar.
Ya'ni bu o‘rinda kasallik geometrik progressiyada tarqalib ketishi mumkin, dedi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori.
Brifing davomida Bahrom Almatov 24 mart sanasi soat 12:00 holatiga O‘zbekistonda 49 nafar koronavirusga chalingan bemor qayd etilganini bildirdi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021