Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda bemorlar bilan aloqada bo‘lmasdan turib ham virus yuqtirish holati qayd etildi
Davlat Bosh sanitariya vrachi Bahrom Almatovning ma'lum qilishicha, chet-elda bo‘lmagan va virus yuqtirganlar bilan muloqotda bo‘lmagan 20 yoshli o‘zbekistonlikda ham koronavirus aniqlangan.
O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar orasida chet elda bo‘lib qaytmagan, bemorlar bilan hech qanday aloqada bo‘lmay turib virusni yuqtirgan bemor ham bor. Bu haqida Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov onlayn brifingda aytib o‘tdi.
«Afsuski, o‘zi, yaqinlari chet elda bo‘lib qaytmagan, bemorlar bilan muloqotga kirishmay turib ham virusni yuqtirgan bemor bor.
Bitta odam o‘zining kunlik tartibi davomida ertalabdan kechgacha ko‘p odamlar bilan o‘zi istagan-istamagan tarzda, tanigan-tanimaganlari bilan aloqada bo‘ladi. Jamoat transportlarida, yonida turgan begona shaxslar bo‘ladimi, ish-o‘qish joylarida ular bilan bevosita muloqotda bo‘ladi.
Gaplashmasa ham, umumiy foydalanadigan buyumlar — avtobus tutqichlari, eshik tutqichlari bilan yuqtirishi mumkin.
Bitta holatda, 20 yoshga kirgan qizda shunday holat aniqlandi. Uning o‘zi, qarindosh-urug‘lari chet elda bo‘lmagan. Ular sog‘lom, tekshirishdan o‘tkazilgan. Qiz o‘zining o‘qish faoliyatida qandaydir holatda virusni yuqtirgan. Bu esa bizni sergak bo‘lishga chaqiradi», deya Bahrom Almatovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021