Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Davergeodezkadastr» masofadan turib ishlash va ish unumdorligini ta'minlash bo‘yicha tizim ishlab chiqdi
Audio selektorga ulanish uchun foydalanuvchilarga qo‘shimcha uskuna talab etilmaydi, ularda oddiy uy telefoni yoki mobil telefon bo‘lishi kifoya
“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan barcha davlat va nodavlat idoralar uchun masofadan turib ishlash va ish unumdorligini ta'minlash bo‘yicha "Audio konferensiya” (audio selektor) tizimi ishlab chiqildi va u bepul taqdim etiladi.
Qayd etilishicha, audio selektorga ulanish uchun foydalanuvchilarga qo‘shimcha uskuna talab etilmaydi, ularda oddiy uy telefoni yoki mobil telefon bo‘lishi kifoya. Telefon orqali tizimda muloqot qilish mumkin.
Davlat va nodavlat idoralar uchun eslatilishicha, audio selektor tizimini telekommunikatsiya operatori tomonidan SIP-kanallari orqali ulash yetarli.
Audio selektorning afzalliklari:
1. Yuklab olish va foydalanish bepul;
2. Oddiy va tushunarli boshqaruv interfeysi;
3. 100 tagacha ishtirokchilarni aloqaga qo‘shish imkoniyati;
4. Bir vaqtning o‘zida barcha ishtirokchilar bilan muloqot qilish imkoniyati;
5. Konferensiyada barcha ishtirokchilar bir-birlarini tinglashi mumkin;
6. Muhim audio selektorlarni yozib olish funksiyasi mavjud.
Dasturni quyidagi havola orqali bepul yuklab olish mumkin:
http://ygk.uz/sites/main/files/audioselektor/Audioselektor.zip
Mavzuga oid
20:55 / 07.09.2020
«Davergeodezkadastr» agentlikka aylantiriladi. Kadastr organlari endi hokimlarga bo‘ysunmaydi
21:47 / 21.08.2020
O‘zbekistonda navigatsiya xaritalari, kosmik suratlar, dronlardan olingan ma'lumotlarga qonuniy tus berilmoqda
15:14 / 20.08.2020
Davergeodezkadastr qo‘mitasi Tuproqqal'a tumanida ro‘y bergan korrupsion holatga munosabat bildirdi
16:24 / 06.08.2020