Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ichan qal'a» karantinda – Xivadan fotoreportaj
Koronavirus pandemiyasi tufayli 15 martdan boshlab chet el fuqarolarining O‘zbekistonga kirishi vaqtincha taqiqlandi. Shuningdek, mamlakat hududida karantin chora-tadbirlari kuchaytirildi. Natijada, ichki va tashqi turistlar oqimi to‘xtadi.
Ayni paytda O‘zbekiston hududidagi barcha muzeylar, tarixiy obidalar yopilgan. Shu jumladan, Xiva shahridagi dunyoga mashhur «Ichan qal'a»da ham cheklovlar o‘rnatildi: majmua hududidagi barcha muzeylar, ko‘ngilochar maskanlar, do‘konlar va restoranlar faoliyati to‘xtatildi.

Asrlar davomida gavjum bo‘lib kelgan tarixiy-me'moriy majmua hozirda sukunatga cho‘mgan...











Albatta bu choralar inson salomatligi uchun qayg‘urgan holda, zarurat yuzasidan ko‘rilayotganini barcha tushunib turibdi. Ishonamizki, «Ichan qal'a» tarixiy-me'moriy majmuasi kun kelib yana xorijlik va o‘zbekistonlik sayyohlar bilan to‘ladi. Hozircha esa shifokor va mutaxassislarning tavsiyalariga amal qiling va uyda qoling. Umid qilamizki, biz bu sinovlardan hamjihatlik bilan o‘tamiz.
Nurmuhammad Said
Mavzuga oid
20:30 / 20.05.2025
Xivadagi Dishan qal’a qayta tiklanadi
14:08 / 02.05.2025
Xivadagi davlat tashkilotlari shahar chekkasiga ko‘chiriladi
22:15 / 01.05.2025
Xivada zamonaviy turizm majmuasi - «Arda Xiva» ochildi
20:54 / 01.05.2025