Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirus bemorlarining 2 nafari Farg‘onada davolanmoqda – SSV
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan 55 bemordan 2 nafari Farg‘ona viloyatida davolanmoqda.
«Bemorlarning 2 nafari Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Ulardan biri Saudiya Arabistonida Umra safarida bo‘lib qaytgach, unda koronavirus infeksiyasi aniqlangan», – deb ma'lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Ma'lum qilinishicha, Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan bemorlar orasida poytaxtdan tashqari, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridan bo‘lgan fuqarolar ham bor.
«Barcha bemorlar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra, belgilangan standartlar asosida davolanmoqda», – deb ta'kidlangan xabarda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolardan karantin qoidalariga amal qilish, imkon qadar uydan chiqmaslik, jamoat joylarida to‘planmaslik, shaxsiy gigiyenaga qat'iy rioya qilishni so‘ragan.
«Dunyo tajribasiga ko‘ra, koronavirus tarqalishining oldini olishda eng samarali yo‘l – aynan karantin qoidalariga so‘zsiz rioya etishdir», deyiladi vazirlik axborotida.
Eslatib o‘tamiz, 25 mart kuni «Istanbul-Farg‘ona» charter reysida Turkiyadan olib kelingan 244 nafar fuqaro Farg‘ona xalqaro aeroportida kutib olinib, Oltiariq tumanidagi «Qiziltepa» faxriylar sihatgohiga joylashtirildi.
Ikki kun oldin Farg‘ona viloyatida 157 kishi uy karantinida saqlanayotgani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
13:36 / 03.05.2025