Light | 22:55 / 25.03.2020
23818
2 daqiqa o‘qiladi

Qarag‘ay qamragan Termiz (fotogalereya)

Surxondaryo deganda ko‘z o‘ngimizga yozi nihoyatda issiq, qishi esa boshqa joylardan iliqroq bo‘ladigan, shuningdek, nafaqat mamlakatimiz, balki qo‘shni davlat bozorlariga sabzavot, ko‘kat, mevalarni birinchi bo‘lib yetkazib beradigan viloyat keladi.

Viloyat markazi Termiz esa Afg‘oniston bilan chegara, Amudaryosi bor va Hakim at-Termiziy ziyoratgohi joylashgan shahar sifatida ko‘z oldimizda gavdalanadi. Termiz yana bir jihati bilan boshqa shaharlardan ajralib turadi. Qarag‘aylari bilan...

Shaharda kuzga kelib barg to‘kadigan daraxtlar ko‘p emas. Termiz va uning atrofida asosan qarag‘ay daraxtlari ekilgan. Shaharning qaysi manziliga borsangiz, yo‘l chetlarida, bog‘-u xiyobonlarda asosan qarag‘aylarni ko‘rasiz.

Termizdagi qarag‘aylarning aksariyati tanasi quloch yetmas darajada qalin, bo‘yi ham baland. Keksalarning aytishicha, shaharda ilk qarag‘aylar o‘tgan asrning 60-70 yillaridan boshlab ekila boshlangan va bu ish hanuzgacha davom etmoqda.

Bugun hamma yerda virusning gapi. Umid qilamiz, so‘lim Termizdagi ko‘rkam qarag‘aylarni ko‘rib kayfiyatingiz biroz bo‘lsa ham ko‘tariladi...

G‘ayrat Yo‘ldosh

Mavzuga oid