Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlikka oid murojaatlarni masofadan turib yuborish mumkin
Respublika hududida karantin e'lon qilinganligi sababli tadbirkorlik faoliyatiga oid murojaatlarni masofadan turib yuborish mumkin
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar endi masofadan turib murojaatlarini yuborishi mumkin. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, prezidentning 2020 yil 19 martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5969-sonli farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 176-sonli qaroriga asosan respublika hududida karantin e'lon qilinganligi sababli tadbirkorlik faoliyatiga oid murojaatlarni masofadan turib yuborish mumkin.
Murojaatlarni quyidagicha yuborishi imkoni mavjud:
Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi binosida tashkil etilgan Shtabning (95) 144-27-00 Call center'iga;
Toshkent shahrining barcha hududidan qisqa 1100 va (71) 211-00-00 telefon raqamlariga;
Internet tarmog‘idagi business.gov.uz yagona interaktiv portaliga.
Mavzuga oid
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda
16:23 / 30.04.2025
Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi
14:26 / 29.04.2025