Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dala sharoitidagi harbiy-tibbiy gospital tashkil qilindi
Toshkent harbiy okrugiga qarashli umumqo‘shin poligonida dala sharoitidagi harbiy-tibbiy gospital tashkil qilindi , deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Videodan kadr
Ma'lum qilinishicha, mazkur gospital koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan yoxud shundan gumon qilingan shaxslarni qabul qilishga mo‘ljallangan. Shuningdek, karantinga olingan shaxslarni joylashtirish uchun joylar tayyorlanmoqda. Harbiy gospital bir vaqtning o‘zida 1,5 ming bemorni qabul qilish quvvatiga ega. Ayni paytda dala sharoitidagi gospitalda dam olish, ovqatlanish va yashash uchun sharoitlar hozirlanmoqda.
Infeksiya yuqtirgan bemorlarni tibbiy pnevmatik boksga olish, ularni davolash uchun tibbiy anjomlar va uskunalar shay qilingan. Bemorlarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ular bilan kontakt qilmaydi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tez fursatlarda O‘zbekistonda koronavirus bilan xastalanganlarni davolash va karantin uchun o‘nga yaqin shifoxonalar qurilishi haqida ma'lum qilgandi. Shulardan uchtasi Toshkent viloyatida tashkil etiladi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021