O‘zbekiston | 17:20 / 26.03.2020
67151
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Yuqori Chirchiqda 20 800 o‘rinli maxsus shifoxona foydalanishga topshirilishi kutilmoqda

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida karantinga olingan fuqarolarni saqlash uchun maxsus shifoxona qurilmoqda. 55 gektar hududda barpo etilayotgan 3 467 konteyner o‘rnatilib, barcha qulayliklarga ega konteynerlarda 4 nafardan 8 nafargacha shaxs uchun mo‘ljallanmoqda. 

Foto: Tosh vil hokimligi axborot xizmati / Nozimbek Ismoilov

Maxsus shifoxonada charter reyslarda xorijiy mamlakatlardan olib kelinadigan o‘zbekistonliklar karantinda saqlanadi. Poytaxtdan 25 kilometr uzoqlikda. Bu yerda barcha sharoitlar mavjud bo‘ladi. Shifoxonani 5 ish kunida barpo etish ko‘zda tutilgan.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Behzod Qobulovning Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, ayni paytda qurilish obektida 45 ta brigada 1 100 nafardan oshiq quruvchi, 100dan ortiq og‘ir texnika ishlayapti. Qurilish yakunida karantin muassasasida 20 800 nafar shaxs izolyatsiyaga olinadi.

Maxsus izolyatsiya xonalarida 4 kishi davolanib, profilaktika qilinadi. Xonalar barcha tibbiyot jihozlari va sanitariya-gigiyena vositalari bilan jihozlangan. Shuningdek majmuada ovqatlanish, laboratoriya, tibbiyot xodimlari va xo‘jalik qismlarini ham qurish ishlari jadal sur'atlarda olib borilmoqda.

Maxsus karantin xonasida tibbiyot xodimlari uchun turarjoylar, reanimatsiya bo‘limlari va karantin uchun maxsus xonalar ham barpo etiladi. Konteynerlar elektr energiyasi, issiq va sovuq suv va boshqa kommunikatsiya tarmoqlariga ulanadi. 

28 mart kuni foydalanishga topshirilishi kutilayotgan maxsus shifoxona qurilishi qanday kechayotgani haqida Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati fotoreportaj tayyorlagan.

Mavzuga oid