O‘zbekiston | 19:47 / 26.03.2020
89946
1 daqiqa o‘qiladi

Koronavirusga chalingan bemorlar orasida 11 nafar tibbiyot xodimi bor -  Prezident

Ularga 100 million so‘mdan kompensatsiya to‘lanadi.

Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan 65 bemordan 11 nafari – tibbiyot xodimlari, deb ma'lum qildi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari bu haqda 26 mart kuni epidemiologik vaziyat va bu borada qilinayotgan ishlar yuzasidan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Ta'kidlanishicha, koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash paytida virusni yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga bir martalik to‘lov miqdori 100 million so‘m etib belgilandi.

Shuningdek, bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirishi natijasida og‘ir ahvolga tushgan va sog‘lig‘i tiklanmagan taqdirda tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga yoki ularning oila a'zolariga 250 million so‘m to‘lab beriladi.

Mavzuga oid