Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston koronavirusni aniqlovchi 300 mingta ekspress-test sotib oladi
Prezident videoselektorida koronavirusga qarshi kurash chora-tadbirlarini qat'iylashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 mart kuni epidemiologik vaziyat va bu borada qilinayotgan ishlar yuzasidan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi.
Yig‘ilishda davlat rahbari koronavirusni aniqlovchi 300 mingta ekspress-testni zudlik bilan xarid qilishga ko‘rsatma berdi.
Ushbu vazifa Moliya va Sog‘liqni saqlash vazirliklari zimmasiga yuklatildi.
Yig‘ilishda virus yuqtirib olgani aniqlangan 65 nafar bemor orasida 11 nafar tibbiyot xodimi borligi ham ma'lum qilindi. Prezident koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash paytida virusni yuqtirib olgan tibbiyot xodimlariga 100 million so‘m kompensatsiya to‘lanishini aytdi.
Shuningdek, infeksiya yuqtirgan bemorlar bilan ishlayotgan shifokorlarga har oyda 25 million so‘mdan, hamshira va laborantlarga 15 million, sanitar xodimlarga 10 million va boshqa faoliyatdagi xodimlarga 5 million so‘mdan ustama to‘lanishi belgilandi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021