Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada bosh vazirdan keyin sog‘liqni saqlash vaziri ham koronavirusga chalindi
Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Mett Xenkok koronavirusga chalindi. Avvalroq bosh vazir Boris Jonson koronavirusga chalinganini ma'lum qilgandi.
Bu haqda Xenkokning o‘zi tvitterda ma'lum qildi. U ham Jonson kabi karantinda qoladi.
“Shifokor tavsiyasiga ko‘ra koronavirusga tahlil topshirdim. Tahlil ijobiy chiqdi. Yaxshiyamki, kasallik alomatlari sezilarsiz. Men uydan ishlamoqdaman va karantinda qolaman. Sog‘liqni saqlash milliy xizmati tavsiyalariga amal qilishimiz hayotiy muhimdir”, deb yozgan Xenkok.
Ikki kun avval Britaniya shahzodasi Charlzda koronavirus aniqlangani ma'lum qilingandi.
Ayni vaqtda Britaniyada koronavirusga chalinganlar soni 14,5 mingdan ko‘proqni, vafot etganlar soni 2921 nafarni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
23:21 / 15.05.2025