Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada koronavirusdan eng ko‘p zarar ko‘rgan sohalar ro‘yxati tuzildi. Birinchi navbatda ularga yordam beriladi
Rossiya hukumati o‘tgan haftada koronavirus tarqalishi bois iqtisodiyot va aholini qo‘llab-quvvatlash choralarini e'lon qilgandi.
Rossiya hukumati koronavirusdan eng ko‘p zarar ko‘rgan va birinchi bo‘lib yordam berilishi kerak bo‘lgan sohalar ro‘yxatini tuzdi. Prezident Vladimir Putinning tadbirkorlar bilan uchrashuvi qatnashchilariga ushbu hujjat ko‘rsatilgan. Forbes mazkur ro‘yxat bilan tanishib chiqdi. Uchrashuv ishtirokchilaridan biri uning haqiqiyligini tasdiqladi.
Ro‘yxatdan quyidagi sohalar o‘rin olgan:
- Aviatashuvlar, aeroportlar, avtotashuvlar
- Madaniyat, ko‘ngilochar maskanlar
- Jismoniy tarbiya va sport
- Turizm agentliklari va turizm sohasida xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tashkilotlar
- Mehmonxona biznesi
- Umumiy ovqatlanish
- Qo‘shimcha ta'lim tashkilotlari, nodavlat ta'lim muassasalari
- Konferensiya va ko‘rgazmalar tashkil etish
- Maishiy xizmat ko‘rsatish (ta'mirlash, kir yuvish, kimyoviy tozalash, sartaroshxona va go‘zallik salonlari)
Rossiya hukumati o‘tgan haftada koronavirus tarqalishi bois iqtisodiyot va aholini qo‘llab-quvvatlash choralarini e'lon qilgandi. Taklif qilingan choralar orasidan 300 mlrd rublni tashkil etuvchi inqirozga qarshi jamg‘arma tashkil etish, turoperatorlar va aviakompaniyalarga soliq imtiyozlari berish, shaharlardagi savdo tarmoqlari transportlari uchun cheklovlarni bekor qilish kabilar o‘rin olgan.
Chorshanba kuni Vladimir Putin rossiyaliklarga murojaat bilan chiqdi. U o‘z murojaatida aholining ijtimoiy himoyasini ta'minlash, ularning daromadlari va ish joylarini saqlab qolish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha choralar zarurligini ta'kidladi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025