Jamiyat | 11:37 / 27.03.2020
19404
1 daqiqa o‘qiladi

Shifokorlar oilalariga bepul oziq-ovqatlar yetkazilmoqda

Karantin fronti ortidagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti shifokorlari oilalariga bepul oziq-ovqatlar tarqatildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi va saxiy tadbirkorlar tomonidan tashkil etilgan xayrli tadbir «Mingta ro‘zg‘or aksiyasi» deb nomlangan.

Aksiyaning ilk bosqichida Respublika Virusologiya ilmiy-tekshirish institutining shifokorlari va ularning oilalariga qiymati o‘rtacha 200 ming so‘mlik oziq-ovqatlar yetkazildi.

Aksiya homiylarining asosiy qismi – tadbirkorlardir.

Loyihaning keyingi bosqichida kam ta'minlangan oilalar va hech kimi yo‘q yolg‘iz insonlarga ham mana shunday bepul oziq-ovqatlar tarqatilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid