O‘zbekiston | 12:19 / 27.03.2020
82563
1 daqiqa o‘qiladi

Viloyatlararo transport harakati to‘xtatildi - IIV

O‘zbekistonda 27 martdan viloyatlararo harakatlanish barcha transport vositalari uchun  to‘xtatildi.

Foto: Ichki ishlar vazirligi

«Mamlakatimizda koronavirus kasalligi  tarqalishining oldini olish hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini va xavfsizligini ta'minlash maqsadida, bugun, 27 mart soat 10:00 dan boshlab viloyatlararo harakatlanish barcha transport vositalari (yengil avtotransport, avtobus, avia va temir yo‘l) uchun to‘xtatilganligi ma'lum qilinadi. Yuk tashuvchi transport vositalari bundan mustasno.

Yurtdoshlarimizning zarur bo‘lmagan hollarda uydan chiqmasliklari, yashash hududlarini tark etmasliklarini so‘raymiz. Yuqoridagi harakatlarning barchasi respublikamiz hududida ushbu xavfli infeksiyaning keng tarqalib ketishining oldini olish, har bir fuqaroning salomatligini qat'iy muhofaza qilishga qaratilgan», deyiladi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning Kun.uz’ga taqdim etilgan bayonotida.

  • Bungacha Namangan, Andijon, Guliston, Qarshi, Navoiy, Buxoro va Samarqand shaharlariga kirish va chiqishda cheklovlar o‘rnatilgan, shuningdek, Surxondaryo viloyati transport vositalari kirishi uchun yopilgandi.

Mavzuga oid