Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda xorijliklarning mamlakatga kirishi vaqtincha to‘xtatiladi
Xitoy tashqi ishlar vazirligi koronavirus pandemiyasi sababli mamlakatga amal qilayotgan viza yoki yashash uchun huquqqa ega xorijliklarga vaqtincha kirishni taqiqladi.
“Koronavirus dunyoda tez tarqalayotgani sababli Xitoy vizasi bo‘lgan yoki yashash huquqiga ega xorijliklarning mamlakatga kirishini vaqtincha to‘xtatishga qaror qildi”, deyilgan xabarda.
Ta'kidlanishicha, ushbu chora 28 martdan joriy qilinadi.
“Xorijliklarni kiritishni to‘xtatish – Xitoy koronavirus epidemiyasi bilan bog‘liq vaziyat ortida qabul qilishga majbur bo‘layotgan choradir”, deyilgan Xitoy tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Koronavirus epidemiyasi aynan Xitoyda boshlangan edi, biroq mamlakatda hozirda uni to‘xtatishga muvaffaq bo‘lindi. O‘tgan hafta bir necha kun davomida Xitoy ichida umuman yangi kasallanish holatlari qayd qilinmagan. Oz sonli kasallanish holatlari mamlakatga xorijdan kirayotganlar hisobiga qayd qilingan.
Xitoyda epidemiya vaqtida koronavirusdan 81 mingdan ko‘proq kishi kasallangan, ulardan 3287 nafari vafot etgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025