Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xususiy laboratoriyalarga ham koronavirusni aniqlash uchun ruxsat berildi – Nurmat Otabekov
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Canitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekovning aytishicha, 26 martdan boshlab O‘zbekistonda xususiy laboratoriyalarda ham koronavirusni aniqlash uchun tadqiqotlar o‘tkazilishiga ruxsat berilgan va bunday tekshiruvlar bepul amalga oshiriladi. Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Otabekov bu haqda AOKAda tashkil etilgan brifingda ma'lum qildi.
“Kechagi kungacha O‘zbekistonda faqat maxsus laboratoriyalardagina koronavirus infeksiyasiga tashxis qo‘yish mumkin edi. Bundan laboratoriyalarning soni respublika bo‘yicha 16 tani tashkil etardi.
Kechadan boshlab xususiy laboratoriyalarda ham koronavirusni aniqlash uchun tadqiqotlar o‘tkazilishiga ruxsat berildi. Buning uchun xususiy laboratoriyalarda kerakli sharoitlari bo‘lishi zarur.
O‘zida koronavirus bor-yo‘qligini tekshirtirmoqchi bo‘lgan shaxslar qon topshirishga pasport bilan borishlari talab etiladi. Chunki virusga test topshirganlar ro‘yxatga olinadi. Bundan tashqari, tekshiruv natijasini xabar qilish uchun telefon raqamingiz ham yozib olinadi”, deb aytgan Nurmat Otabekov.
Mutasaddining ta'kidlashicha, davlat laboratoriyalarida koronavirus bor-yo‘qligini aniqlab beruvchi tahlillar bepul. Xususiy laboratoriyalarda esa buning uchun belgilangan tariflar asosida haq undiriladi. Tekshiruv natijalarini 1 sutka davomida olish mumkin
Canitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i avvalroq xususiy klinikalar koronavirus tashxisini qo‘yish uchun jalb qilinmaganini ma'lum qilgan edi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
17:46 / 27.02.2025
SSV: Mavsumiy respirator kasalliklar tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqaror
17:37 / 31.01.2025