Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA koronavirusga qarshi kurashda Suriyaga yordam berishga va'da berdi
Abu-Dabi amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon Suriya prezidenti Bashar Asad bilan telefon orqali suhbatlashib, unga koronavirusga qarshi kurashda yordam berishga va'da berdi.
Bu haqda Ol Nahayonning o‘zi tvitterda ma'lum qilgan.
“Suriya prezidenti Bashar Asad bilan koronavirus epidemiyasi oqibatlarini muhokama qildim va unga BAA qardosh Suriya xalqini bu sharoitda qo‘llab-quvvatlashiga va ko‘maklashishiga va'da berdim. Ofatlar vaqtida umuminsoniy birdamlik hammasidan ustun va qardosh Suriya bu og‘ir sharoitlarda yakkalatib qo‘yilmaydi”, deb yozgan Abu-Dabi valiahdi.
BAA 2018 yil dekabrda Fors ko‘rfazi davlatlaridan birinchi bo‘lib Suriya bilan diplomatik aloqalarni tiklagandi va 2012 yildan beri yopiq bo‘lgan elchixonasini qayta ochgan.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025