Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Epidemiya davrida 2,5 mingga yaqin o‘zbekistonlik Xitoydan vatanga qaytdi
15 yanvar kuni O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasida tuzilgan Maxsus shtab ko‘magida 2,5 ming nafarga yaqin vatandosh Xitoydan O‘zbekistonga qaytib keldi.
Elchixona tomonidan Kun.uz`ga berilgan ma'lumotga ko‘ra, hozirda ham maxsus shtab a'zolari XXR hududida bo‘lib turgan vatandoshlar bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
«Ayni kunlarda ham Maxsus shtabga murojaat qilayotgan o‘zbekistonlik talabalarga tezkorlikda konsullik-huquqiy ko‘mak va ma'naviy-ruhiy yordamlar ko‘rsatilmoqda», – deyiladi O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi axborotida.
Ma'lumot uchun, 16-26 mart kunlari 20ta charter reys amalga oshirilgan, ular orqali Rossiya, Turkiya, Eron, Birlashgan Arab Amirliklari, Janubiy Koreya, Misr, Malayziya, Hindiston, Tailand, Indoneziya va Germaniyadan 4 mingga yaqin fuqaro olib kelingan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025