Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Otabekov: Xatlar va pochta materiallaridan koronavirus yuqishi ehtimoli kam
Koronavirus xatlar va pochta materiallari orqali yuqish ehtimoli kam, deb ma'lum qildi bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov.
«Koronavirus qo‘zg‘atuvchisi tashqi muhitda chidamsiz, quruq joyda yashamaydi va ko‘paymaydi. Virus – xujayra ichida yashaydigan jonzot.
Biroq agar pochta konvertini bemor odam ushlab turgan holda sog‘lom odamga uzatsa yoki jo‘natma ustiga bemor yo‘talsa va uning so‘laklari tegsa, kasallik yuqish ehtimoli ham yo‘q emas», – dedi Otabekov 29 mart kungi brifingda.
Eslatib o‘tamiz, kecha Tashqi ishlar vazirligi hujjatlarni qog‘oz ko‘rinishida qabul qilishni to‘xtatishi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
10:49 / 10.03.2025
Daniya qog‘oz xatlardan butunlay voz kechdi
17:46 / 27.02.2025