Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 144taga yetdi
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan zararlanish bilan bog‘liq yana 11ta holat qayd etildi.
«Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 11 taga oshib, 144 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni tasdiqlangandi. So‘nggi kunlarda virus bemorlari nisbatan tez ko‘paya boshladi, 28 mart kuni 16 bemor qayd etildi, 29 mart kuni bemorlar soni 40 nafarga ko‘paydi. Hozirgacha virus yuqtirganlarning 7 nafari sog‘ayib ketgan, 2 kishi vafot etgan.
- Ayni vaqtga kelib butun dunyoda virusdan zararlanish holatlari soni 685 mingdan oshgan, shundan 146 mingdan ortiq kishi sog‘aygan va 32 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021