Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 145taga yetdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusdan zararlangan yana bir bemor to‘g‘risida xabar berdi.
«Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 1taga oshib, 145 nafarni tashkil etmoqda.
Ushbu infeksiya ikkinchi vafot etgan marhum bilan muloqotda bo‘lgan jiyanida aniqlandi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.
Ma'lum bo‘lishicha, davolanayotgan bemorlarning 20 nafarida pnevmoniya holati kuzatilmoqda. Uch nafar bemorning ahvoli og‘ir, ikki nafarining ahvoli nisbatan og‘ir.
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni tasdiqlangandi. So‘nggi kunlarda virus bemorlari nisbatan tez ko‘paya boshladi, 28 mart kuni 16 bemor qayd etildi, 29 mart kuni bemorlar soni 40 nafarga ko‘paydi. Hozirgacha virus yuqtirganlarning 7 nafari sog‘ayib ketgan, 2 kishi vafot etgan.
- Ayni vaqtga kelib butun dunyoda virusdan zararlanish holatlari soni 722,6 mingdan oshgan, shundan 151,7 mingdan ortiq kishi sog‘aygan va 34 mingga yaqin kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021