Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onadagi bemorlardan biri og‘ir ahvoldaligi ma'lum qilindi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Farg‘onada koronavirus tashxisi qo‘yilgan 26 bemordan biri og‘ir ahvolda ekani haqida xabar berdi.
«Ayni paytda Farg‘ona viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalingan 26 nafar bemor viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.
Ular orasida yaqinda Umra safaridan qaytgan, shu yilning 24 mart kuni koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorning ahvoli yomonlashgan.
59 yoshli ushbu bemor shu vaqtgacha surunkali o‘pka va gipertoniya xastaligi bilan dispanser nazoratida turgan. Hozirda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan bemorda o‘tkir nafas yetishmovchiligi ikkinchi darajasi kuzatilmoqda. U ayni paytda sun'iy nafas olish apparatiga olingan.
Shifokorlarimiz belgilangan standart va tavsiyalarga asosan zarur tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
- 31 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus tashxisi qo‘yilgan holatlar soni 167tani tashkil etmoqda. Shu vaqtgacha bemorlardan 7 nafari tuzalgan va ikki kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021