Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada odatiy turmush tarziga qaytish masalasi muhokama qilinmoqda
30 mart kuni Italiyada umumiy karantin rejimi 12 aprelgacha davom etishi ma'lum bo‘lgandi.
Italiya hukumati mamlakatning umumiy karantindan so‘ng odatiy turmush tarziga qaytishi yo‘llari muhokama qilinmoqda, deb xabar berdi Il Sole 24 Ore gazetasi.
Hukumat huzuridagi ilmiy-texnika qo‘mitasi bir nechta variantlarni taklif qilmoqda. Mutaxassislar odatiy hayotga qaytishni ishlab chiqarish sohasidan boshlash kerak deb hisoblamoqda.
Ishlab chiqarish faoliyati iloji boricha tezroq – aprel o‘rtalaridayoq qayta tiklanishi mumkin, deya qayd etadi nashr.
Maktab va universitetlar keyinroq ochiladi.
Ekspertlar bar, restoran, konsert maydonlari yopiq holda turishi va turli tadbirlar o‘tkazilishi kechiktirilishini uzaytirishni taklif qilmoqda.
Ilmiy-texnika qo‘mitasi turli yosh guruhlarining odatiy hayotga qaytishini bosqichma-bosqich amalga oshirishni ko‘rib chiqmoqda. Karantindan birinchi bo‘lib yoshlar va organizmi kuchlilar, so‘ngra yoshi kattalar chiqariladi.
30 mart kuni Italiyada umumiy karantin rejimi 12 aprelgacha davom etishi ma'lum bo‘lgandi.
Italiya koronavirusga chalinish holati qayd etilishi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turibdi - 101 ming 739 kishi. Koronavirus yuqtirganlarning 11 ming 591 nafari vafot etgan.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
23:21 / 15.05.2025