Jamiyat | 19:02 / 31.03.2020
19461
3 daqiqa o‘qiladi

Pandemiya davrida O‘zbekiston mediaolamidagi o‘zgarishlar

Ledokol Group reklama agentligi rahbari pandemiya davrida mediamahsulotlar va internet iste'moli keskin oshgani haqida fikrlarini e'lon qildi.

15 martda O‘zbekistonda COVID-19 koronavirusiga chalinishning dastlabki holati qayd etildi.

Dilshod Muzaffarov
Foto: Ledokol Group

Ayni shu onlardan boshlab mamlakatda internetdan foydalanish keskin oshgani kuzatilmoqda. Bu tabiiy jarayon – odamlar karantin tufayli uyda qolishga majbur, yoshi kattalar masofadan turib ishlashmoqda, bolalar esa onlayn darslar o‘tishmoqda. Ammo eng muhimi, tezkor axborot olishga bo‘lgan talab keskin oshdi va buning uchun eng qulay vosita sifatida internet mos keladi. Aynan internet tashqi olam bilan tezkor bog‘lanish bo‘yicha yetakchiga aylandi.

O‘zbekistondagi mahalliy yirik reklama agentligi bo‘lgan Ledokol Group tomonidan yangiliklar yetkazish bo‘yicha yetakchi saytlar auditoriyasi tahlil qilib chiqildi, shuningdek ularning ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan materiallar, onlayn-videolavhalarning tomosha qilinishi bo‘yicha so‘nggi ikki haftadagi raqamlarga baho berildi.

Eng ommabop yangiliklar agentliklarining (Kun.uzDaryo.uz va Repost.uz) kunlik o‘rtacha auditoriyasi bir yarim barobar oshgan (+150 foiz), shu bilan birga faol sessiyalar miqdori ikki barobarga ko‘paygan (+200 foiz).

Ularning telegram-kanallaridagi obunachilari soni o‘rtacha 35 foizga oshgan va obunachilar qo‘shilishda davom etmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi (Facebook / Instagram) qamrov 25 foizga o‘sib, bu tarmoqlarda sarflangan vaqt 2020 yilning 14 martiga nisbatan 60 foizga ko‘paygan.

Onlayn-video (YouTube) ko‘rish hajmi ham deyarli 2 barobar (+190 foiz) oshgan. Konteks-media tarmoqlar (Google Display Network) qamrovi va trafigi (klik va namoyishlar) taxminan bir yarim barobar o‘sgan.

«Fikrimizcha, bu holat brendlar uchun o‘z auditoriyalari bilan mustahkam kommunikatsiyalanish uchun ajoyib imkoniyatdir. Chunki internet auditoriya ancha oshgan va o‘sishda davom etmoqda. Tektonik siljish boshlandi — odamlar hayotida dijital o‘rni kuchayadi. Brendlar o‘sishi uchun bunday vaziyatda nafaqat TV orqali taqdim etilish, balki internetda ham puxta o‘ylangan digital-strategiyaga ega bo‘lish juda muhim» deydi Ledokol Group rahbari Dilshod Muzaffarov.

Auditoriya hajmida sezilarli o‘sish qayd etilayotgan shu kunlarda Kun.uz saytida reklama bo‘yicha katta chegirmalar ham berilayotgani e'tiborga molik. 

Mavzuga oid