Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asaka IIB aholiga oziq-ovqatni bepul yetkazib beruvchi 10ta mashinani tashkil etdi
Andijon viloyati Asaka tumani IIB tashabbusi bilan, 10ta yengil avtomobil aholiga oziq-ovqatlarini bepul yetkazib berish bilan shug‘ullanmoqda.
Andijon viloyati Asaka tumani IIB mutasaddilari tashabbusi bilan, karantin davrida namunali jamoat tartibini saqlash va o‘rnatilgan karantin tartiblariga rioya etilishini ta'minlash maqsadida, aholiga oziq-ovqatini bepul yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi avtomobillar ajratildi.
Kun.uz'ga ma'lum bo‘lishicha, Asaka tumanida mavjud bo‘lgan jami 74ta mahallaning markaziy joylariga oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari tashkil etilgan bo‘lib, ushbu yarmarkalarda aholi uchun zarur birlamchi tovarlar oshirilmagan narxlarda sotilmoqda.

Shuningdek, tuman hududida xizmat ko‘rsatuvchi Royal Taxi korxonasiga qarashli 90ta yengil avtomobil ham oziq-ovqat yetkazib berishga jalb etilgan.
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025