Jamiyat | 10:35 / 01.04.2020
58593
2 daqiqa o‘qiladi

Qo‘qonda koronavirus haqida mish-mish tarqatgan deputatga jinoiy ish ochildi

Bosh prokuratura matbuot xizmati Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma'lumotlarni tarqatgan deputatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani to‘g‘risida xabar berdi.

Foto: Getty Images

«2020 yil 28 mart kuni Qo‘qon shahar, A.T.Xuqandiy mavzesida yashovchi X.N. (1979 y.t., xususiy korxona rahbari, Xalq deputatlari Qo‘qon shahar kengashi deputati) Respublika Maxsus komissiyasining karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, Telegram ijtimoiy tarmog‘ida ochilgan guruhlar a'zolariga Qo‘qon shahrida 2 nafar shaxsda koronavirus kasalligi aniqlanganligi va ular karantinga olinganligi haqida jonli tarzda audio yozuvi orqali haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan uydirma va yolg‘on ma'lumotlarni tarqatgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan 31.03.2020 yil kuni X.N.ga nisbatan  JKning 244-5-moddasi (Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma'lumotlarni tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinovning telegramdagi kanali xabarida.

Mavzuga oid