Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST rahbari: Yaqin kunlarda koronavirusga chalinganlar soni bir milliondan oshadi
JSST bosh direktori Tedros Gebreyyesus yaqin vaqt ichida dunyoda koronavirusga chalinganlar soni bir milliondan, vafot etganlar soni 50 mingdan oshishini aytdi.
“Men infeksiyaning dunyo bo‘ylab tez tarqalishidan tashvishdaman. Oxirgi 5 hafta ichida biz deyarli har bir davlat va hududda qayd qilingan yangi kasallanish holatlari deyarli eksponensial ravishda o‘sayotganini ko‘rmoqdamiz. Oxirgi haftada o‘limlar soni 2 martadan ko‘proqqa oshdi. Yaqin kunlarda koronavirusga chalinganlar soni bir millionga, undan vafot etganlar soni 50 mingga yetadi”, deb aytgan Gebreyyesus matbuot anjumanida.
JSST ma'lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 750 mingdan, vafot etganlar soni 36 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda. Jons Hopkins universiteti real vaqtda e'lon qiladigan ma'lumotlarga ko‘ra esa dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 924 mingdan oshgan, u keltirib chiqargan asoratlardan 46 mingdan ko‘proq odam vafot etgan.
Mavzuga oid
22:58 / 20.05.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi global bitimni tasdiqladi
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
17:31 / 16.04.2025