Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 205taga yetdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 15 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangani to‘g‘risida ma'lumot berdi.
Endilikda O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 205tani tashkil etmoqda.
O‘zbekistonda koronavirusning ilk bemori 15 mart kuni qayd etilgandi. Shu vaqtgacha bemorlarning 25 nafari tuzaldi, ikki kishi vafot etdi.
Ayni vaqtgacha Toshkent shahridan tashqari Farg‘ona, Namangan, Andijon, Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida ham koronavirus tashxisi qo‘yilgan 178 bemor davolanmoqda.
- So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq holatlar 1 milliondan oshdi, ulardan 51371 nafari halok bo‘lgan, 210 mingdan ortiq kishi tuzalgan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021