Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«KEFFI FOOD» xususiy korxonasi koronavirusni aniqlaydigan 764 million so‘mlik tibbiy testlarni beg‘araz taqdim qildi
Bugun murakkab sinovni yengish uchun hamma jipslashadigan, qo‘lidan kelganicha ko‘mak beradigan payt. Ayniqsa kasallikka qarshi kurash vositalariga ehtiyoj har qachongidan ham ko‘proq. Mamlakatimizda qurilish sohasida foliyat yuritayotgan «KEFFI FOOD» xususiy korxonasining navbatdagi aksiyasi ayni shu yo‘nalishda bo‘ldi.
Ming afsuski, koronavirusga chalinganlar soni dunyoda ham, O‘zbekistonda ham kun sayin ko‘payib bormoqda. Ana shunday paytda mamlakatning himoyaga muhtoj qatlamiga pandemiyaga qarshi kurashishda ko‘maklashish uchun «KEFFI FOOD» xususiy korxonasi 764.000.000 so‘mlik koronavirus infeksiyasini aniqlaydigan tibbiy test-tizimlarini beg‘araz taqdim qildi.
«Ushbu insonparvarlik yordamimiz, yurtimiz aholisining yordamga muhtoj qatlamini pandemiyadan himoyalashda olib borilayotgan chora-tadbirlarga o‘z hissamizni qo‘shayotganimizdan mamnunligimiz ifodasidir.
Shu bilan birga, O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan tegishli chora-tadbirlar rejasini amalga oshirishda mutasaddi tashkilotlarga zafarlar tilaymiz» – deyiladi korxona direktor Sh.Shomahmudovning Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori – O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachi Bahrom Almatov nomiga yo‘llagan maktubida.
Saxovatli insonlar ko‘paysin, bugun ularga ehtiyojimiz har qachongidan ham ko‘proq!
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021