Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirusga qarshi Rossiyada ishlab chiqarilgan vaksinani odamlarda sinovdan o‘tkazish muddati ma'lum qilindi
Avvalroq amerikalik tibbiyot xodimlari yangi turdagi koronavirusga qarshi vaksinaning dastlabki sinovlari natijalarini e'lon qilishgandi.
Koronavirusga qarshi vaksina prototiplari kemiruvchilar va primatlarda sinovdan o‘tkazilmoqda, odamlarda sinash iyundan boshlanadi. Bu haqda «Vektor» ilmiy markazi direktori Rinat Maksyutov ma'lum qildi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, vaksinani maymunlarda sinash aprel oxirigacha o‘tkaziladi, shundan so‘ng klinik oldi tadqiqotlari bosqichiga o‘tiladi.
«Keyingi bosqich esa odamlarda o‘tkaziladi», — dedi u.
Maksyutov avvalroq COVID-19 yo‘qolib ketmasligini, mavsumiy kasallikka aylanishi mumkinligini aytgandi.
Kuni kecha amerikalik tibbiyot xodimlari yangi turdagi koronavirusga qarshi vaksinaning dastlabki sinovlari natijalarini e'lon qilishdi. Ko‘rsatkichlar umidli deb aytilmoqda, ammo olimlarning oldinda qiladigan ishlari hali ko‘p.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
18:38 / 15.12.2021
YeI mamlakatlarida 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarni koronavirusga qarshi emlash boshlandi
20:51 / 05.08.2021