Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-York shtatida koronavirusga chalinganlar soni Italiya va Ispaniyadagiga yaqinlashib qoldi
AQShning Nyu-York shtatida koronavirusga chalinganlar soni 100 mingdan oshib, 102863 nafarga yetdi. Qurbonlar soni esa bir kun ichida 2373 nafardan 2935 nafargacha ortgan.
Bu haqda shtat gubernatori Endryu Kuomo ma'lum qildi.
Ayni vaqtda shtat AQShda koronavirus epidemiyasi markazi bo‘lib qolmoqda. Shtat kasallanganlar soni bo‘yicha bu borada dunyoda 2- va 3-o‘rinda turgan Italiya va Ispaniyaga yaqinlashib qoldi. AQShda umumiy hisobda koronavirusga chalinganlar soni 266 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda.
Nyu-York shtatida kasallanganlar soni bir kun ichida 10482 kishiga ko‘paygan. Shtatda eng og‘ir vaziyat Nyu-York shahrida kuzatilmoqda. Bu yerda kasallanganlar soni bir kun ichida 5350 nafarga ko‘payib, umumiy hisobda 57159 nafarga yetgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025