Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyo bo‘yicha bir sutkada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 79 mingta holat qayd etildi
JSST ma'lumotiga ko‘ra, eng ko‘p kasallik yuqtirganlar AQShda - 241 703 kishi. Keyingi o‘rinlarda Italiya (119 827), Ispaniya (117 710), Germaniya (85 778) va Xitoy (82 875) turibdi.
Keyingi sutkada jahon bo‘yicha koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 79 mingta holat qayd etildi, 6 mingdan ortiq kishi vafot etdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lum qildi.
Statistikada keltirilishicha, 4 aprel holatiga dunyo bo‘yicha 1 051 635 nafar bemor va 56 985 nafar vafot etganlar qayd etilgan. Kasallik yuqtirganlar soni bir sutkada 79 332 kishiga yetgan, o‘limlar soni esa 6 664tani tashkil etgan.
Eng ko‘p bemor va o‘limlar soni Yevropaga to‘g‘ri keladi – mos ravishda 583 141 va 42 334 ta holat. Bu hududda sutka davomida bemorlar soni 41 333 nafarga, o‘limlar soni esa 5 231 taga ortgan.
Shimoliy va Janubiy Amerikada 279 543 kishi koronavirusga chalingan, 6 802 kishi vafot etgan. Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiya ham kiruvchi G‘arbiy-Tinch okeani hududida bemorlar soni 110 362 nafar bo‘lib, 3 809 ta o‘lim qayd etilgan.
JSST ma'lumotiga ko‘ra, eng ko‘p kasallik yuqtirganlar AQShda - 241 703 kishi. Keyingi o‘rinlarda Italiya (119 827), Ispaniya (117 710), Germaniya (85 778) va Xitoy (82 875) turibdi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021