Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nurmat Otabekov: «Klinik belgilar 95-97 foiz holatda 10-12 kundan keyin paydo bo‘lyapti»
O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan bemorlarda kasallikning klinik belgilari aksariyat hollarda o‘ninchi kundan boshlab namoyon bo‘lmoqda. Bu haqda bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekovga asoslanib, Kun.uz muxbiri xabar berdi.
Foto: KUN.UZ
«Kasallikning yashirin davri deganda virus organizmga tushgandan keyin klinik belgilar namoyon bo‘lgunga qadar davom etadigan muddat tushuniladi. Koronavirusning yashirin davri 14 kun deb belgilangan.
Tibbiy kuzatuvlarimizdan ma'lum bo‘lmoqdaki, qariyb 95-97 foiz holatlarda koronavirusning klinik belgilari virus yuqqandan keyingi 10-, 12-kunlarda namoyon bo‘lishni boshlayapti», dedi Nurmat Otabekov 5 aprel kungi brifingda.
Ma'lumot uchun, koronavirusning asosiy klinik belgilari – tana haroratining ko‘tarilishi, quruq yo‘tal va nafas qisishi hisoblanadi.
Nurmat Otabekov koronavirus bemor tanasida jiddiy asoratlar qoldirishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
«Turli tasdiqlanmagan manbalarda koronavirusdan davolangandan so‘ng miya yemirilishi, bepushtlik kabi asoratlar qoladi, degan ma'lumotlar tarqamoqda. Bularning barchasi asossiz. Kasallikning tibbiy patogenezi bilan tanishmagan holda bunday gaplarni tarqatmaslikni so‘rardim», deya ta'kidladi bosh sanitariya inspektori.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
17:46 / 27.02.2025
SSV: Mavsumiy respirator kasalliklar tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqaror
17:37 / 31.01.2025