Jamiyat | 15:34 / 06.04.2020
5105
1 daqiqa o‘qiladi

Bog‘chalar har kuni telefon orqali bolalarning sog‘ligi haqida ma'lumot so‘rab turadi

Maktabgacha ta'lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 29 fevraldagi qo‘shma qarori bilan MTTlarda koronavirus tarqalishining oldini olish yuzasidan ogohlantirish va chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha shtablar tashkil qilingan.

Foto: KUN.UZ

«Shtabda MTT rahbari va tibbiyot hamshirasi xodimlar va bolalar salomatligi bo‘yicha telefon orqali ma'lumot olib turadi va tegishli tavsiyalarni berib boradi», – dedi MTV Axborot xizmati rahbari Dilafro‘z Ikromova.

6 aprel kungi brifingda berilgan ma'lumotga ko‘ra, 7 apreldan boshlab «Bolajon» telekanalida efirga uzatilayotgan barcha televizion mashg‘ulotlar efirida surdo tarjimon ham bo‘ladi

Hozirgacha MTT tarbiyalanuvchilari uchun faqat ingliz tili mashg‘ulotlari surdo tarjimon yordamida efirga uzatilayotgan edi.

Зилола Ғайбуллаева
Tayyorlagan Зилола Ғайбуллаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid