Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya razvedkasi koronavirus qanday paydo bo‘lgani borasida o‘z taxminini e'lon qildi
OAVda yoritilgan taxminlardan biriga ko‘ra, virus Uxandagi virusologiya instituti laboratoriyasida ko‘rshapalaklardan olingan.
Britaniya razvedkasi koronavirus infeksiyasi Uxandagi laboratoriyadan tashqariga chiqib ketishi oqibatida tarqalgan degan taxminni yana ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Daily Mail xabar berdi.
Cobra favqulodda qo‘mitasi a'zolaridan biri maxsus xizmatlar kasallikning hayvondan insonga yuqishi va laboratoriya sharoitida yaratilganligi borasidagi taxminlarni ilgari surmoqda.
"Uxanda ana shunday laboratoriyaning mavjudligi tasodif bo‘lmasligi mumkin. Bu taxmin chetga surilmaydi", - degan nashr manbasi.
OAVda yoritilgan taxminlardan biriga ko‘ra, virus Uxandagi virusologiya instituti laboratoriyasida ko‘rshapalaklardan olingan. U o‘sha yerdan tashqariga chiqib ketgan.
Uxandagi virusologiya instituti bu ayblovni yolg‘on deb atadi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma'lumot berishicha, dunyo bo‘yicha 1,1 mlndan ortiq kishi koronavirus yuqtirgan, 63 ming kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021