Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada koronavirusga qarshi vaksina hayvonlarda muvaffaqiyatli sinalgani aytilmoqda
Turk vrachlari yangi turdagi koronavirusga qarshi o‘zlari ishlab chiqayotgan vaksinaning jonivorlarda muvaffaqiyatli sinovini o‘tkazishdi. Bu haqda Turkiyaning koronavirusni o‘rganish bo‘yicha ilmiy qo‘mitasiga a'zo Otash Qora xabar bergan.
«Yaxshi yangilik bor. Leykoplastirdagi mikroignalar yordamida jonivorlarga koronavirusga qarshi antitanalar hosil qiluvchi va virusning hujayralarga birikishining oldini oluvchi vaksina kiritildi. Endi u insonlarni ham kasallikdan himoya qila olishini sinash vaqti keldi», – deb yozgan u Tvitterdagi sahifasida.
Ayni vaqtda koronavirusga qarshi vaksinalar Rossiyada sichqonlar, olako‘zan va maymunlarda sinalmoqda. Bu sinovlar aprel oyi oxirlarida nihoyalanishi kutilmoqda. Shanba kuni «Vektor» davlat ilmiy markazi bosh direktori Rinat Maksyutov xabar bergandiki, boshlang‘ich klinik tadqiqotlar 11 maydan, klinik tadqiqotlar 29 iyundan boshlanadi.
Yangi koronavirus chaqiruvchi kasallikning avj olishi 2019 yilning oxirida Markaziy Xitoyda ilk marta qayd etilgandi. Kasallik Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan 11 mart kuni pandemiya deb tan olindi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra 1,26 million kishi kasallikka chalingan, vafot etganlar soni 68 ming kishidan oshgan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025