Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xususiy laboratoriya xodimlarini uyga chaqirib, koronavirusga test topshirish mumkinmi?
Shaxs o‘zida kasallik simptomlarini sezmasa ham, profilaktika maqsadida koronavirusga tekshiruvdan o‘tish uchun xususiy laboratoriya xodimlarini uyga chaqirishi mumkinmi?
Ushbu savolga 6 aprel kuni o‘tkazilgan brifingda Davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov javob berdi.
«Koronavirusga tekshirilishi kerak bo‘lgan aholi ko‘p bo‘lgani tufayli hozir xususiy laboratoriyalar imkoniyatlaridan ham foydalanilmoqda.
Lekin xususiy laboratoriyalarning koronavirus uchun tahlil namunalarini olish jarayonida ham hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari qoshidagi virusologiya laboratoriyalari xodimlari ishtirok etyapti. O‘sha namunalar xususiy laboratoriyalarda tekshirib beriladi.
Laboratoriya xodimlari uyga kelib, uy sharoitida tahlil o‘tkazishlari mumkin emas. O‘zbekiston sharoitida tomoqdan, burundan olingan surtmalar virusologiya laboratoriyalariga yuborilib, faqatgina shu yerda PsR (polimeraz zanjirli reaksiya) usulida tashxis qo‘yiladi», deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lumot uchun, 26 martdan boshlab O‘zbekistonda xususiy laboratoriyalarda ham koronavirusni aniqlash uchun tadqiqotlar o‘tkazilishiga ruxsat berilgan va bunday tekshiruvlar bepul amalga oshirilishi belgilangan edi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021